У нас есть только
оригинальные песни

Roberto Karlos «Real»ga qaytmoqda

calendar 22.01.2016
1419

Braziliyalik sobiq futbolchi Roberto Karlos yaqin vaqt ichida o'zining sobiq jamoasi «Real»da ishboshlaydi. Bu haqda Marsa xabar tarqatdi.

42 yoshli murabbiy kelasi haftada murabbiylar shtabiga qo'shilishi kutilmoqda. Taxmin qilinishicha, Karlosning vazifasi yoshlar jamoalari va «Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'rtasida aloqani yo'lga qo'yishdan iborat.

Karlos o'zining ilk murabbiylik faoliyatini Rossiyaning «Anji» jamoasida o'tagan, o'shanda u Andrey Gordeevga yordamchilik qilgandi. Keyinroq esa u Turkiyada «Sivasspor»ni boshqardi va hatto «Yil murabbiyi» sifatida taqdirlandi.

Bundan oldinroq, u Hindistonda «Mumbay Siti» jamoasiga bosh murabbiy bo'lishi mumkinligi haqidaxabar berilgandi.

Uning o'zi esa bir necha kun oldin «Real»ga qaytishi bo'yicha muzokaralar boshlangani haqida xabar qilgandi.

Ma'lumot uchun, Roberto Karlos 1997 yildan 2006 yilga qadar "Real"da o'ynagan va 584 uchrashuvda maydonga tushib, 71ta gol urgan edi.

Яндекс.Метрика