У нас есть только
оригинальные песни

Rossiya Davlat dumasi Leninni dafn etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqadi

calendar 25.12.2015
1183

$IMAHE1$

Rossiya Davlat dumasi deputati Ivan Suxarev Vladimir Leninni qaytadan dafn qilish tashabbusi bilan chiqdi, tegishli qonun loyihasi parlamentga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. Bu haqda “News.bigmir.net” xabar bermoqda.

Jasadni maqbaradan olib, poytaxtdagi qabristonlardan biriga ko‘chirish taklif etilmoqda.

“Rossiya Federatsiyasini zamonaviy sivilizatsiyalashgan davlat deb qaraydigan bo‘lsak, Qizil maydonda bir necha o‘n yillar davomida o‘lgan kishining jasadi yerga ko‘milmay yotishini maqbul vaziyat deb atab bo‘lmaydi. Lenin maqbarasining mavjud bo‘lishi nojoiz ekanligiga yana bir sabab shuki, bu odam o‘z davlatiga va o‘z xalqiga keltirgan kulfat va mahkumliklar behisobdir”, — dedi Suxarev.

Biroq Rossiya hukumati yuridik noaniqliklarni bahona qilib, qonun loyihasiga salbiy taqriz bergani xabar qilinmoqda. Xulosaga ko‘ra, hujjat federal qonun loyihasi emas, individual ahamiyatga ega qonuniy akt loyihasi hisoblanadi.

Яндекс.Метрика