У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada 40-yillarda halok bo'lgan 19 qozog'istonlik askarning qoldiqlari topildi

calendar 29.12.2015
1350

               

Rossiyaning Volgograd shahri yaqinida 19 askarning qoldiqlari topildi. Ular Shimoliy Qozog'istonning 29-o'qchi diviziyasi a'zolariga oid bo'lishi mumkinligini aytilmoqda. Askarlar taxminan 1943 yilda halok bo'lgan.

              

Qoldiqlar 27 dekabr kuni shaharning Sovetskiy tumanida “Krasnoarmeets” otryadi qidiruvchilari tomonidan aniqlandi, deb yozadi bloknot-volzhky.ru blogi.

              

Ularning yonidan medallar va hujjatlar topilmagan. Askarlarning shaxsiy buyumlari ichida trolleybus tasviri tushirilgan tugma va xoch topilgan.Askarlardan birining yonida bo'lgan ma'lumotnoma qonga botib qolganidan undagi harflarni tushunish imkoniyati yo'q.

Яндекс.Метрика