У нас есть только
оригинальные песни

Rossiyada bir erkak bolta bilan butun oilasini chopib tashladi

calendar 24.06.2015
3220


Rossiyaning Perm o‘lkasi Ugleuralskiy shaharchasida istiqomat qiluvchi erkak to‘rt yaqin qarindoshi – onasi, otasi, buvisi va ukasini bolta bilan chopib tashladi. Bu haqda o‘lka Tergov qo‘mitasi saytida xabar berilgan. Foto: Kommersant Foto: Kommersant Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 1991-yilda tug‘ilgan erkak 22-iyun kuni shaxsiy adovat sabab 17 yoshli ukasining boshiga bolta bilan urgan. Shundan so‘ng boshqa qarindoshlari istiqomat qiladigan uyga kelib, xuddi o‘sha qurol bilan o‘z buvisi va onasini o‘ldirgan. Shundan so‘ng amakisining mashinasida qo‘shni Gubaxa shahriga jo‘nab ketgan va bir kechani u yerda o‘tkazib, uyga qaytgan. Uyda otasining ishdan qaytishini kutib, uni ham o‘ldirgan. "Otasi o‘lganiga ishonchi komil bo‘lganidan so‘ng, gumonlanuvchi uyga benzin sepib chiqib, yoqib yuborgan va qayd etilgan mashinada Gubaxa shahrida yashiringan”, – deyiladi idora xabarida. Hozirgi vaqtda gumonlanuvchi hibsga olingan va ko‘rsatma bermoqda. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.
Яндекс.Метрика