Rossiyada selfiga tushmoqchi bo‘lgan 11-sinf o‘quvchisi 9-qavatdan quladi
29.09.2015 2205
Rossiyaning Vologda shahrida turar-joy binosi tomida selfiga tushishga
qaror qilgan 11-sinf o‘quvchisi, o‘z kuchiga keragidan ko‘proq baho
berib yuborib, to‘qqizinchi qavatdan quladi va halok bo‘ldi.
"O‘smir shox-shabba ustiga qulagan, bu holat yerga qulash vaqtidagi
zarba kuchini kamaytirgan. Uni kasalxonaga olib borishgan, biroq
shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi”, — deydi Vologda viloyati
Tergov qo‘mitasi vakili.
Qayd etishlaricha, ekstremal holatda selfiga tushish bu o‘smirning
sevimli mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan — uning fotosuratlar
kolleksiyasidagi aksariyat suratlarda u qulashni sahnalashtirishga
uringanini ko‘rish mumkin.