У нас есть только
оригинальные песни

Sentabr oxirida Yer aholisi super Oyning to‘liq tutilishini ko‘rishi mumkin

calendar 02.09.2015
1889


27-sentabr kuni Yer aholisining ko‘pchilik qismi noyob astronomik hodisa – super Oyning to‘liq tutilishini ko‘rishi mumkin.

1-sentabr, seshanba kuni NASA’ning ma’lum qilishicha, so‘nggi marta bunday hodisa 1982-yilda kuzatilgan bo‘lib, keyingisi 2033-yilda yuz beradi.

Oyning to‘liq tutilishini Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Afrika, Osiyoning g‘arbiy qismi va Tinch okeani hududining sharqiy qismidan turib kuzatish mumkin. Super Oy 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq ko‘rinishi tufayli ushbu hodisaning ajoyib taassurot qoldiruvchi manzara kasb etishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика