Xonandalar Shahzoda va Lola ijodiy hamkorlikni boshladi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
“Shou-biznesning eng mashhur vakillari, uzoq yillardan buyon bir-biridan arazlagan edi. Bugun esa birgalikda ijodiy hamkorlikni boshlashgan. Gap-so‘zlarga qaraganda taklifni Lola Yo‘ldoshevaning o‘zi bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Xonandalar 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Qo‘lingda imkon” nomli duet qo‘shiqni ijro etmoqda.