O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tgan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi.
Prezident islom dunyosi mamlakatlari va AQSh rahbarlarining birinchi sammitida qatnashish uchun tashrif buyurgan 50ta mamlakat yetakchilari bilan tushlikda bo'ldi.
Sammit doirasida u Qozog'iston rahbari Nursulton Nazarboyev hamda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashgan.
Shavkat Mirziyoyev shuningdek Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad ibn Noyif ibn Abdulaziz as-Saud bilan ham uchrashgan.