У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

calendar 01.11.2017
1323

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori, huquqshunoslik fanlari nomzodi, Favqulodda va Muxtor elchi Vladimir Norov “Slovo Kirgizstana” gazetasida maqola e’lon qildi. Maqola matni institutning Facebook’dagi sahifasiga joylandi. Unda Norov O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

“Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligidagi o‘zbek diplomatiyasi mana bir yildirki, faollik va izchillik bilan barcha chegaradosh davlatlar bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash yo‘lini hayotga tatbiq etmoqda”, — deyiladi maqolada.

“So‘nggi oylarda O‘zbekiston rahbari barcha qo‘shni mamlakatlar rahbarlari bilan bir necha marta rasmiy, norasmiy va xizmat uchrashuvlarini o‘tkazdi. Turkmaniston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga bordi. Tojikistonga tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda”, — deya davom etdi Norov.

Яндекс.Метрика