IP-telefoniya servisi bo'lgan Skype Parijda yuz bergan teraktlar sababli Frantsiyada mahalliy hamda xalqaro qo'ng'iroqlarni bepul qildi. Bu haqda servis blogida ma'lum qilingan.
“Bizning xayolimiz Parijda bo'lib o'tgan dahshatli voqeadan jabrlanganlar bilan”, – deyiladi kompaniya xabarida.
Bu qaror zudlik bilan amalga oshiriladi hamda bir necha kun davom etadi.