Suriyaning rasmiy rahbari Bashar Asad Rossiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari, jumladan, Rossiya TV, NTV, "Pervyy kanal”, RT telekanallari, "Rossiya segodnya”, TASS, Interfaks agentliklari, "Rossiyskaya gazeta” nashrlari bilan suhbat o'tkazdi.
U rossiyalik jurnalistlarni qiziqtirayotgan ko'plab savollarga javob berdi.
Asad o'z intervyusi chog'ida G'arb nega Rossiya va Eronni xush ko'rmasligini aytdi.
Uning fikricha, Еvropa va AQSh hamkorlarni, shuningdek, suveren davlatlarni yoqtirmaydi.
Rossiya va Eron esa, uning aytishicha, haqiqiy suveren davlatlardir. Aynan shu tufayli ular Еvropa bilan murosa qila olmaydi.