Suriyada boshida raketa parchasi bo‘lgan qizaloq dunyoga keldi
20.09.2015 3877
Suriyalik shifokorlar boshiga raketa parchasi tegib ketgan chaqaloqni qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Shifokorlar "umid” ma’nosini anglatuvchi Amal ismini qo‘yishni taklif qilgan qizcha onasining qornida ekanligida jarohat olgan. Ma’lum bo‘lishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloqning onasi Aleppo shahri
raketadan o‘qqa tutilganda yaralangan. Ayol zudlik bilan shifoxonaga
keltirilib, kesarcha kesish operatsiyasi o‘tkazildi.
Bolani qo‘lga olgan shifokorlar, uning ham yaralanganligini ko‘rib
hayratga tushdi. Kichikroq temir parchasi chaqaloq boshining chakka
qismini jarohatlagan edi. Raketa parchasini olib tashlash bo‘yicha
operatsiya o‘tkazilib, u muvaffaqiyatli yakunlandi.