У нас есть только
оригинальные песни

Suriyada koalitsiya faoliyat boshlaganidan buyon 4,7 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi

calendar 24.04.2016
847

Suriyada IShIDga qarshi AQSh rahbarligidagi xalqaro koalitsiya faoliyati boshlanganidan buyon o‘tgan 19 oy ichida 4,7 mingdan ortiq kishi, asosan jangarilar halok bo‘ldi. Bu haqda Suriyaning Inson huquqlari bo‘yicha nazorat markaziga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Shu bilan birga, markaz ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning taxminan 400 ga yaqini tinch aholi vakillari bo‘lib, ularning kamida 100 nafari voyaga yetmaganlardir.

Marhumlarning asosiy qismi Suriyaning Xaseke, Rakka, Aleppo, Idlib va Deyr ez-Zor provinsiyalarida qayd etilgan.

O‘ldirilgan jangarilarga kelsak, markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 4,1 ming nafar marhum radikallarning ko‘pchiligi chet el fuqarolaridir.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Яндекс.Метрика