У нас есть только
оригинальные песни

Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi direktori ishdan ketdi. O‘rniga yangisi tayinlandi

calendar 16.01.2018
1078

2017-yilning 28-dekabr kuni «Xabar.uz»da «Inson o‘zing! Haydovchisiga poyabzalini arttirgan rahbar» nomli fotoxabar e’lon qilingan edi. O‘quvchilarimizdan biri yuborgan suratda Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasi direktori Shuhrat Shokirov qo‘l ostidagi xodimga poyabzalini tozalattirayotgani aks etgan edi.

Bizga xabar berishlaricha, 2018-yilning 9-yanvar kuni Shuhrat Shokirov vazifasidan ozod etilgan. Bunga «Xabar.uz»da chiqqan fotoxabar qanchalik ta’sir o‘tkazgan-o‘tkazmaganidan xabarimiz yo‘q. Bilganimiz shuki, Sh.Shokirov o‘z arizasiga ko‘ra bo‘shagan.

2018-yilning 10-yanvar kuni Bahriddin Mingboyev viloyat teleradiokompaniyasi direktori etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida ishlab kelayotgan edi. Bahriddin Mingboyev 2014—2015-yillarda ham viloyat teleradiokompaniyasiga rahbarlik qilgan, uni og‘ir ahvoldan olib chiqqanidan so‘ng MTRKdagi mas’ul vazifaga o‘tkazilgan edi.

2018-yilning 13-yanvar kuni viloyat teleradiokompaniyasida katta yig‘ilish o‘tkazilgan. Yig‘ilishda MTRK rahbariyati vakillari ham qatnashib, yangi direktorni jamoaga tanishtirishgan.

Яндекс.Метрика