У нас есть только
оригинальные песни

Toshkent aeroportida Isroil fuqarosi patronlar bilan ushlandi

calendar 26.12.2017
2188

Toshkent xalqaro aeroportida 25 dekabr kuni yuklarida patronlar oboymasi bo'lgan navbatdagi isroillik fuqaro qo'lga olindi (patronlar to'pponchaniki bo'lganmi, yoki avtomatniki, bu noma`lum bo'lib turibdi). Isroil elchixonasi vakili qo'lga olingan shaxs bilan uchrashdi hamda uning ozod etilishini tezlashtirishga harakat qilmoqda.

Bu Toshkentda so'nggi oyda o'q-dorilar bilan ushlangan Isroilning to'rtinchi fuqarosi, deb xabar bermoqda Isroilning 9tv.co.il portali.

Qayd etilishicha, 13 dekabr kuni Toshkent aeroportida Rishon le-Tsiondan bo'lgan 19 yoshli harbiy xizmatchi Nagorai Madar qo'lga olingan. U oilasi bilan Tailandga, O'zbekistonda qo'nib o'tgan holda parvoz qilayotgan bo'lgan. Uning ryukzakidan patron gilzasini topishdi. Madarning o'zi ballistik ekspertizadan so'ng qo'yib yuborildi va Isroilga deportatsiya qilindi.

Keyinchalik Nagorai Madarning oilasi Isroil TIVni hech qanday chora ko'rmaganlikda aybladi. 

Яндекс.Метрика