"Toshkent metropoliteni” DUK vakillari tomonidan kelajakda "Elektron to'lov” xizmati, eng gavjum yo'nalishlarda Wi-Fi hududlari joriy qilish kutilmoqda.
Toshkentda bo'lib o'tgan matbuot-anjumanida metro xodimlari ayni paytda metrodagi barcha yoritish asboblarini energiya tejovchi analoglari bilan almashtirish, optik-tolali liniyalar o'tkazish bilan shug'ullanayotganlari ma'lum qilindi. Optik-tolali liniyalar ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq qilinadigan zamonaviy texnologiyalar miqdorini oshirishga imkon beradi.
Metroning uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida "Toshkent metropoliteni” korxonasi negizida ikkita – "Chilonzor” va "O'zbekiston” elektr deposi ishlamoqda. Yaqinda mahalliylashtirish dasturi doirasida yangi depo ochildi. Bu erda harakatdagi tarkib ta'mirlanishidan tashqari, yuzlab turdagi ehtiyot va butlovchi qismlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
Hozirda metroning umumiy uzunligi 39 kmni tashkil qilib, 29 stantsiyadan iborat. Liniyalar bo'ylab 192 ta vagon harakat qiladi.