Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar hokimiyati Avstriyaning Glans Gresselchaft Tashkent korxonasining raqamlashtirish bo‘yicha taklifini o‘rganmoqda. Intellektual foto videoni qayd etish kameralari Alisher Navoiy ko‘chasida o‘rnatilgan.
Yangi kameralar yo‘l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega.