"Huquq” nashri
Toshkent shahridagi kollejlardan birida direktorlik qilib, pora ustida
qo'lga tushgan navbatdagi amaldor ustidan o'tkazilgan sud haqida
ma'lumot chop etdi.
Xabarnomada keltirilishicha, Hamid Xoldorov
2014-2015 o'quv yilida qoldirgan darslarini to'ldirish va imtihonlarga
kirishga ruxsat berish evaziga 3-bosqich talabasi B. Amonovdan 250 ming
so'm pora talab qilgan.
Talaba bu haqda SVOJJDLQK idorasiga xabar bergan. Natijada Xoldorov pora olayotgan paytda jinoyat ustida qo'lga olingan.