“Ummon” guruhi vakili Shohruxning 15-avgust sanasida uylanayotgani haqidagi xabarni hoynahoy eshitgandirsiz. Nikoh oqshomi poytaxtdagi “Yakkasaroy” restoranida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Ayni paytda Shohrux barcha sanatkor hamkasblariga taklifnoma ulashmoqda. Buni xonandalarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan bilish mumkin.
Instagram’dagi “Mashhur yulduzlar oilasi” akkauntida “Ummon” guruhi a’zosi Shohruxning bo‘lajak rafiqasi Azizaxonning suratlari e’lon qilindi.
Shohruxning muxlislari kelin juda go‘zal ekanligini ta’kidlab, ikki yoshga baxt tilamoqda. Fursatdan foydalanib, biz ham Shohrux va Azizaxonga oilaviy baxt tilaymiz.