Uz-Kor Gas Chemical qo'shma korxonasi joriy yilning oktyabr oyida O'zbekiston shimoli-g'arbidagi Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishini yakuniga etkazadi. Bu haqda "O'zbekneftegaz” kompaniyasi yagona texnik siyosat bo'limi mutaxassisi Sanjar Berdiev axborot berdi.
"Kompleks oktyabrning o'rtalarida ishga
tushiriladi. Ob'ektdagi barcha ishlar o'z yakuniga etmoqda, kadrlar
to'plash davom etmoqda”, - uning so'zlarini keltiradi RIA Novosti
agentligi.
Eslatib o'tamiz, 2008 yil fevralida "O'zbekneftegaz"
kompaniyasi Koreyaning Kor-Uz Gas Chemical Investment konsortsiumi bilan
hamkorlikda Uz-Kor Gas Chemical qo'shma korxonasini tashkil etib,
Surgil koni bazasida Ustyurt gaz-kimyo kompleksi qurilishini
boshladi.Konsortsium tarkibiga Kogas, Lotte va STX Energy
korporatsiyalari kiradi.
Qurilish ishlari 2012 yilda boshlandi. Kompleks yiliga 4.5 mlrd kubometr tabiiy gazni qayta ishlash, 4 mlrd kubometr tovar gazi, 400 ming tonna polietilen, 100 ming tonna polipropilen va 100 ming tonna piroliz benzin ishlab chiqarish salohiyatiga ega. Loyihaning asosiy pudratchilari Yaponiyaning Samsung Engineering, GS Engineering va Hyundai Engineering kompaniyalaridir.
4.16 mlrd dollarlik loyihaning 2,5 mlrd dollarlik qismi xalqaro moliyaviy institutlar, 1,41 mlrd dollarlik qismi Uz-Kor Gas Chemicala ta'sischilari, 100 mln dollarlik qismi esa O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilmoqda.