23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati finalidan o'rin olgan Vetnam - O'zbekiston o'yinining o'tkazilishi hamon so'roq ostida turibdi.
Ma`lumki, musobaqa hal qiluvchi bahsi bo'lib o'tadigan Changjou shahriga qattiq sovuq tushgan va qorga burkangan. Ayni paytda, stadionni qordan tozalash ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Vetnam - O'zbekiston o'yini 27 yanvar kuni soat 13:00da o'tkazilishi belgilangan. Meteorologlar bashoratiga ko'ra, o'sha kuni havo harorati 5 daraja sovuq bo'lishi va yana qor yog'ishi kutilmoqda.