У нас есть только
оригинальные песни

Whatsapp yaqin kunlarda yangi xizmatini ishga tushiradi

calendar 02.09.2014
5989


Whatsapp messenjerida ovozli qo'ng'iroq xizmati joriy etilishi haqidagi xabarlar mart oyida paydo bo'lgandi. Joriy yil boshida bo'lib o'tgan Mobile World Congress taqdimotida kompaniya direktori Yan Kum 2014 yilning ikkinchi choragida yangi xizmatni ishga tushirish rejasi borligi haqida ma'lum qilgandi. G'arb matbuotlarining xabar berishicha, yangi xizmatni ishga tushirilishiga sanoqli kunlar qoldi, deb xabar beradi Tech nashri. Ammo, xizmatning aniq qaysi kundan ishga tushirilishi ma'lum qilinmagan. Eslatib o'tamiz, fevral oyida Facebook ijtimoiy tarmog'i WhatsApp messenjerini 19 milliard AQSh dollari evaziga sotib olgandi.
Яндекс.Метрика