Xitoy tashqi savdo aylanmasi 2015 yilning sentyabr oyida 350,77 mlrd dollarni tashkil etib, yillik hajmda 11,4 foizga qisqardi, deya xabar berdi Reuters.
Shu bilan bir qatorda, sentyabrda XXR eksporti hajmi 3,7 foizga kamayib, 205,56 mlrd dollarni tashkil etdi. Import esa 20,4 foizka qisqarib, 145,53 mlrd dollargacha pastladi.
Tashqi savdo bo'yicha joriy saldo ko'rsatkichi esa 60,34 mlrd dollarlik natijani qayd etdi.