Xitoyning Tencent telekommunikatsion kompaniyasi ixtirochilari bolalar uchun mo'ljallangan eng aqlli soatlardan birini namoyish qilindi.
QQ Watch nomli yangi soatlar 1,12 dyuymli (2,85 sm li) diagonal va ko'rsatish qobiliyati 128 ga 128 nuqta bo'lgan ekranga ega. Soatlar IP65 sinfidagi chang va namdan himoyaga ega bo'lib, buning evaziga ularni bemalol suv bilan yuvish mumkin.
Soatlar bola yo'qolib qolgan taqdirda uning joylashgan o'rnini aniqlash uchun ishlatiladi. Bola ota-onasiga shoshilinch xabar yuborishi uchun SOS tugmasi ko'zda tutilgan. Bolaning joylashgan o'rnini maksimal darajadagi aniqlik bilan aniqlash uchun soat GPS, Wi-Fi va uyali aloqa tarmog'idan foydalanadi. Agar bolaning joylashgan o'rnini aniqlash uchun xaritadagi nuqta etarlicha aniq bo'lmasa, soatda 0,3 Mp li kamera o'rnatilgan bo'lib, bola bu kamera yordamida ota-onasining smartfoniga uning atrofini o'rab turgan joyning suratini yuborishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, soat akkumulyatori to'liq quvvatlanganda 5 kun davomida ishlay oladi. Qurilmaning narxi hozircha ma'lum qilinmayapti. Xitoyda soatlar oktyabrdan sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.