У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Sevara Nazarxon qiz farzandli bo‘ldi

calendar 28.04.2016
2794

Xonanda Sevara Nazarxon qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Sevara Instagram’ga joylashtirgan surati ostiga o‘zbek, rus va ingliz tilida qiz farzandli bo‘lgani haqida yozuv qoldirdi: “Xush kelibsiz, qizim — Iman Anvar! It’s a girl — Iman Anwar! Devochka pribila — Iman Anvar. 27.04.16”.

Ushbu xabarni Facebook’dagi sahifasida ham qoldirgan xonanda ayni vaqtda o‘zi turgan joy sifatida xaritada Papua — Yangi Gvineyani belgilab qo‘ygan.

Sevara Nazarxonning ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari uni qiz farzandli bo‘lgani bilan faol tabriklamoqda.

Yangi mehmonga Iman Anvar ismi berildi.

Ma’lumot uchun, Sevara Nazarxon 2007-yili o‘z prodyuseri Bahrom Pirimqulovga turmushga chiqqan. Xonandaning Deniz ismli o‘g‘li ham bor.

Яндекс.Метрика