У нас есть только
оригинальные песни

Xonanda Tamila yana to‘ylarga chiqa boshladi

calendar 03.03.2016
1201

O‘tgan oyda internet tarmog‘ida tarqalgan videolar tufayli shov-shuv va muhokamalarni keltirib chiqargan xonanda Tamila yana to‘ylarda xizmat qila boshladi. 

Bir necha kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram’da xonanda “Men bo‘lmasam” nomli yangi qo‘shig‘ini “Tamila.uz” sayti orqali taqdim etayotgani haqidagi reklama bannerlari tarqalgan. “Qalampir” sayti masalaga oydinlik kiritish maqsadida Tamila faoliyat yuritgan “Maestro” kompaniyasining ma’muri bilan bog‘landi.

Jurnalistning savollariga javob bergan ma’mur, Tamila yana prodyuserlik markaziga qaytganini va to‘ylarga ham chiqayotganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, Tamilaning Toshkentdagi bitta to‘yga borishi bahosi 1,5 million so‘mni tashkil etmoqda.

Nashrning ma’lum qilishicha, xonandaning prodyuseri Najot Agzamov u haqdagi savollarga javob berishni istamagan, Tamilaning o‘zi esa go‘shakni ko‘tarmagan.

Яндекс.Метрика