У нас есть только
оригинальные песни

Xorazmga yangi prokuror tayinlandi

calendar 28.02.2018
734

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 27 fevraldagi buyrug'iga muvofiq Jahongir Jo'rayevich Xatamov Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prokuratura rasmiy saytida ma`lum qilingan.

U yangi lavozimda biroz avvalroq Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig'i lavozimiga o'tkazilgan Akmalxo'ja Yusupovich Mavlonov o'rnini egalladi. Akmalxo'ja Mavlonov 2017 yilning 6 oktabrida Xorazm viloyatiga prokuror bo'lgandi.

Ma`lumot uchun, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to'g'risida»gi Qonuniga asosan prokurorlar 5 yil muddatga tayinlandi va ular bir vaqtning o'zida viloyat prokuratura hay`ati raisi etib tasdiqlanadi.

Яндекс.Метрика