Seulda yangi lyuks sinfidagi modellar qatori namoyishi paytida kompaniya mato ostiga yashirilgan flagman modelini namoyish qildi. G90 sedani Janubiy Koreyada dekabrda, jahon bo'yicha esa 2016 yil aprelda Nyu-York avtosalonida ilk bor namoyish qilinadi.
Mashinaning fotosuratlaridan ko'rinishicha, u Vision G kontseptual kupesi uslubida bajarilgan. Hyundai’da Vision G kupesi "premial modellarning kelajak oilasi uchun ilhom beruvchi model” deb atalmoqda.
Yangi sedanning motorlari orasiga avvalgi 5 litrli V8 dvigateli va yangi 3,3 litrli 6 tsilindrli ikki turbinali, 365 ot kuchiga ega dvigatel kiritiladi. G90 faqatgina to'liq privodli tizim bilan taklif qilinadi.