Apple kompaniyasi yangi iPhone 6s smartfonini taqdim etganiga ikki oy ham to'lmasi, OAVlar kompaniyaning yangi smartfoni fragmenti haqida bong urishni boshlashdi. Mutaxassislar iPhone 7 da "Home” tugmachasi bo'lmasligi va qurilmaning ekrani yanada katta bo'lishi aniqlashdi.
Apple muhandislari qurilmadagi yagona
tugmachani olib tashlash evaziga, ekranni yanada kengaytirishga muvaffaq
bo'lishadi. Yangi iPhone 7 bukilgan shaklli displeyga ega bo'ladi. bu
degani displey qurilmaning barcha joylarini qoplab turadi.
Ikkinchi yangilik qrilmani to'liqligicha sapfir shishasi bilan qoplanishidir.
Bu esa, o'z navbatida, smartfonni har
xil vaziyatlarda sinish va yorilish kabi nohush holatlarning oldini
oladi. Ayni damda sapfir shishadan Apple Watch soatlarida
foydalanilyapti.
Bundan tashqari yangi iPhone uzoq vaqt avtonom
rejimda ishlay oladi. Mutaxassislarning fikricha, Apple kompaniyasi
mana, bir necha yillardirki, qurilmalarining quvvatsiz uzoq vaqt
ishlashi ustida bosh qotirmoqda. MacBook noutbukida bu narsaga ma'lum
bir miqdorda erishildi. Qurilmaning avtonom rejimda ishlash quvvati ikki
baravarga oshdi.