Institutning o‘n yillik faoliyati davomida birinchi marta Fransiya eng ko‘p jurnalistlar halok bo‘lgan davlat sifatida qayd etildi. Parijda Charlie Hebdo jurnali redaksiyasiga qilingan hujum natijasida nashriyotning sakkiz nafar xodimi o‘ldirilgan.
Janubiy Sudan va Yamanda yarim yil ichida olti nafardan, Iroq va Liviyada esa besh nafardan jurnalist o‘ldirilgan.
Hisobotda aytilishicha, ko‘pchilik hollarda jurnalistlarning qotillari jazolanmasdan qolmoqda. Institut faqat beshta hodisa bo‘yicha jinoyatchi topilganligi haqida ma’lumot olgan.